“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati "Mercedes-Benz" rusumli avtobusda isitish tizimining qoplamasi mavjud emasligi aks etgan videopost yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
Videoda aks etgan holat "18-Avtobus saroyi" filialining saroy raqami 608-bo‘lgan, "Mercedes-Benz" rusumli avtobusda sodir bo’lganligi aniqlandi.
Avtobusning isitish tizimini(pechka) himoya qobig’iga zarar yetkazilganligi sababli ushbu holat kuzatilgan. Shuningdek, videoda avtobusning o'rta eshigi yuqori qismida maxsus simning osilib qolganligi ham aks etgan.
Mazkur nosozliklar tezkorlik bilan bartaraf etilib, avtobus isitish tizimining himoya qoplamasi o'rnatildi va mutaxassislar tomonidan eshik yuqorisidagi simlar ham tartibga keltirildi. Hozirda ushbu avtobus texnik soz holatda qayta yo’nalishga chiqarilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42600 | Инструменты