Shuningdek, “tonirovka” ruxsatnomasi avtomobil sotilganda va davlat raqami o‘zgartirilganda ham saqlanib qoladi
Prezident “Avtotransport vositalaridan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Unga ko’ra, 2022-yil 1-iyuldan boshlab:
—yengil avtotransport vositalarining orqa yon oynalarini qoraytirish uchun ruxsatnoma olish tartibi bekor qilinadi;
—yengil avtomashinalarning old yon oynalarini qoraytirish uchun to‘lov bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravari (2,4 mln so’m) etib belgilanadi;
—“Tanirovka” uchun ruxsatnoma berishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan bir qatorda ichki ishlar organlari yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari tomonidan ham amalga oshirish tartibi joriy etiladi.
Hozirda “tonirovka” uchun ruxsatnoma 1 yil muddatga beriladi.
2022 yil 1 sentyabrgacha oynalari qoraytirilgan mashinalarga bo‘lgan egalik huquqi o‘zgarganda, davlat raqami belgisi almashtirilganda yoki haydovchining ma’lumotlari o‘zgarganda “Tonirovka” uchun berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddati avtomatik tarzda saqlab qoladi.
Undan tashqari, shu yil 1-sentyabrdan boshlab:
a) ishlab chiqarilganiga 10 yilgacha bo‘lgan yengil avtomototransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi;
b) yengil avtomototransport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishning quyidagi muddatlari belgilanadi:
—ishlab chiqarilganiga 11 yildan 14 yilgacha bo‘lgan yengil avtomototransport vositalari – 2 yilda 1 marta;
—ishlab chiqarilganiga 15 yil va undan ortiq bo‘lgan yengil avtomototransport vositalari – 1 yilda 1 marta.
Bunda mazkur muddatlar yo‘lovchilarni tashish faoliyatida foydalaniladigan yengil avtomototransport vositalari uchun tatbiq etilmaydi
Alpha version: 0.9.1.19 build 60910 | Инструменты