AvtoVAZ O‘zbekiston bozoriga Lada Granta va Iskra modellari bilan qaytishni rejalashtirmoqda

Rossiyaning AvtoVAZ avtomobil ishlab chiqaruvchisi O‘zbekiston bozoriga Lada Granta va Iskra modellari bilan qaytishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Maksim Sokolovga tayanib TACC nashri xabar berdi.

Sokolovning so‘zlariga ko‘ra, AvtoVAZ eksport bozorlarida o‘z ishtirokini tiklash va kengaytirishni boshlaydi.

“Birinchi navbatda, albatta, bu Belarus bozori, O‘zbekiston — u yerda 2022-yilgacha bo‘lgan savdo hajmlarimizni tiklashni xohlaymiz, va Qozog‘istonda ham”, deya ta’kidladi konsern rahbari.

Maksim Sokolovning ta’kidlashicha, AvtoVAZ Lada Granta modeliga talab mavjudligini hisobga olib, uni ishlab chiqarishni davom ettiraveradi.

Bundan tashqari, AvtoVAZ Lada Granta’ni yangi Lada Iskra modeli bilan birga O‘zbekiston va boshqa xorijiy mamlakatlarda sotishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya rahbarining ta’kidlashicha, avtokonsern Lada Granta ishlab chiqarishdan asta-sekin voz kechadi va 19-aprel kuni Tolyattida seriyali ishlab chiqarilishi boshlangan Lada Iskra ishlab chiqarish hajmini oshiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122101 | Инструменты