Ayrim maktablarda fanlarni chet tilida o'qitish amaliyoti joriy etiladi

"Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog'ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-55-son, 01.04.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, 2024/2025-o'quv yilidan Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda:

— chet tilini bilish bo'yicha kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo'lgan o'qituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida o'qitish amaliyoti joriy etiladi;

— matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy fanlar (science), informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darslarni chet tilida olib borgan o'qituvchilarga tarif stavkasiga nisbatan 100 foiz miqdorida har oylik qo'shimcha ustama to'lanadi.

Prezident maktablarining mahalliy o'qituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 350 foiz miqdorida har oylik qo'shimcha ustama to'lash tartibi joriy etiladi.

Bunda, ustama pedagoglar tomonidan quyidagi shartlarning barchasi bajarilgan taqdirda to'lanadi:

— Kembridj (Cambridge Assessment International Education) xalqaro ta'lim dasturlari asosida dars beriladigan fanlarni o'qitish bo'yicha 3 ta (Introductory, Extension, Marking) kursni muvaffaqiyatli tugatish va bu haqida tegishli sertifikat olish;

— Prezident maktablarida kamida 1 yillik ish stajiga va chet tilini bilish bo'yicha kamida C1 darajadagi yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo'lish.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты