Huawei 1
Pokistonda og‘ir vaziyatga tushib qolgan vatandoshimiz O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari sayʼ-harakatlari bilan Pokistonda og‘ir vaziyatga tushib qolgan hamyurtimiz oilasi bag‘riga qaytarildi.

O‘zbekiston fuqarosi E.X. mamlakatimiz elchixonasiga murojaat qilib, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolganini, vaqtinchalik turar joy va kundalik ehtiyojlar uchun zarur mablag‘ga ega emasligini maʼlum qilib, yordam so‘ragan.

Vatandoshimizning murojaati elchixona tomonidan alohida nazoratga olinib, qisqa fursat ichida zarur konsullik-huquqiy va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rildi.

Yurtdoshimizga O‘zbekistonga qaytish uchun tegishli konsullik guvohnomasi rasmiylashtirildi va elchixona xodimlari hamda homiylar ko‘magida aviachipta xarid qilindi. E.X. kuni kecha "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining Islomobod-Toshkent aviareysi bilan Vatanga qaytarildi.

Vatandoshlarimizni har qanday holatda yolg‘iz qoldirmaslik, ularga konsullik-huquqiy yordami ko‘rsatish – O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72123 | Инструменты