Huawei 1
Navoiyda havo ifloslanishi qayd etildi

Navoiy viloyatida atmosfera havosi ifloslanganligi bilan bog‘liq holat viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida 19-iyul kuni ertalab tongi vaqti 7:00 dan 9:00 ga qadar Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasining tahliliy laboratoriyasi hamda “Navoiyazot” AJga qarashli Sanitar laboratoriyasi bilan korxona atrofida tahlil ishlari olib borildi va atmosfera havosi tarkibi EKOLAB (Gazoanalizator) apparati yordamida o‘rganildi.

O‘rganish natijasida “Navoiyazot” AJ va BXO atrofidan tahlil ishlari olib borilganda atmosfera tarkibida ammiak 1,4 barobar hamda vodorod sulfidi 16,8 barobar meʼyordan yuqoriligi aniqlandi.

Bundan tashqari, Navoiy viloyati Gidrometeorologiya boshqarmasi  laboratoriyasi tomonidan olingan tahlillar natijasiga ko‘ra 1-kuzatuv posti (Zulfiya ko‘chasi)da uglerod ikki oksidi 1,04, ammiak 1,1 barobar, 2-kuzatuv posti (Meʼmorlar ko‘chasi)da esa ammiak 1,2 barobar yuqoriligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda “Navoiyazot” korxonasi hududida tekshiruv o‘tkazish va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga aniqlik kiritish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.  

O‘rganish ishlari yakunlariga ko‘ra  qo‘shimcha axborot beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72122 | Инструменты