Huawei 1
Azon.uz loyihasi o’z faoliyatini to'xtatdi

Azon.uz ta'sischisi Mubashshir Ahmad Azon.uz'ning barcha loyihalari to'xtatilishini ma'lum qildi.

Saytning ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalari o‘chirilgan, sayti ham ishlamayapti. You Tube platformasida esa diniy kontentlar o‘chirilib, sahifaning o‘zi Fikrat nomiga o‘zgartirilgan.

Sayt rasmiylari hozircha bu holatga tushuntirish bergani yo‘q.

"Sabablarini keyinroq, ma'qul topilsa ma'lum qilinadi", - degan Mubashshir Ahmad.

"Loyihalar uchun mehnat qilgan, shu paytga qadar xalqimizning diniy, ma'rifiy dunyoqarashini o'stirish kabi savobli ishga hissa qo'shib kelgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiraman. Uning millionlab muxlislari uchun esa afsusdaman.

Azon.uz'ning o'rnini to'ldirish oson bo'lmaydi", -  deb yozgan Jurnalist Ilyos Safarov Telegram kanaliga.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga