Huawei 1
Bahodir Alimov Asia Invest Bank boshqaruvi raisi etib tayinlandi

O‘tgan yilning may oyidan "O‘zmilliybank" boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Bahodir Alimov bankning Rossiyadagi shoʻba banki - "Aziya Invest bank" YOAJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

Bahodir Alimov 1984-yil tug‘ilgan. 2005-yil Toshkent arxitektura qurilish institutini bakalavr, 2007-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini magistr bosqichlarini tamomlagan. Bahodir Alimov 2008-yildan buyon O‘zmilliybank tizimida turli lavozimlarda, shu jumladan, bank boshqaruvi a’zosi va bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari (2022-yildan) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, "Aziya Invest bank" YOAJning avvalgi boshqaruv raisi Sardorbek Usmanbekov joriy yil mart oyidan "O‘zmilliybank" AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

Ma’lumot tariqasida, Aziya-Invest Bank – 100 foizlik ulushi O‘zbekiston Respublikasiga tegishli, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasiga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan moliya instituti hisoblanadi. Bank saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya banklari orasida Aziya Invest bank loro-hisob raqamlaridagi qoldiqlari bo‘yicha 36-o‘rinni, jalb qilingan banklararo kreditlar bo‘yicha 78-o‘rinni, sof aktivlar va kapital bo‘yicha 223-o‘rinni egallaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52208 | Инструменты