TDTning norasmiy sammitida Aziz Sanjarga Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot topshirildi
Shavkat Mirziyoyev Aziz Sanjarni samimiy tabriklab, nufuzli mukofotning ilm-fan arbobiga topshirilishi turkiy dunyo olimlari, jumladan, yoshlarni yangi marralarni zabt etishga ilhomlantirishini alohida ta’kidladi.
Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya amalga oshiriladi
Farmon bilan 2025–2026 yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Jahon banki O‘zbekistonga irrigatsiya sohasi uchun 200 mln dollarlik imtiyozli kredit ajratdi
Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi irrigatsiya va drenaj infratuzilmasini modernizatsiya qilish, shuningdek, fermerlarga irrigatsiya xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish loyihasini amalga oshirish uchun O‘zbekistonga 200 million dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi.
Auksionda eng qimmat “chiroyli” avtoraqam 722,3 mln so‘mga sotildi
20-may kuni avtoraqam.uzex.uz savdo platformasida o‘tkazilgan onlayn auksionda jami 697 ta avtobil raqami sotildi.
Namanganda 64-Xalqaro Gullar festivali bo‘lib o‘tadi
25-maydan 29-iyunga qadar Namanganda 64-Xalqaro Gullar festivali o‘tkaziladi. Turizm qo‘mitasi va Namangan viloyati hokimligining turizm boshqarmasi hamkorligida tashkil etilayotgan festivalga 300 mingdan ortiq xorijiy, 8 million nafar mahalliy sayyoh tashrifi kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida ishtirok etdi
O‘zbekiston prezidenti turkiy davlatlar hamkorligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatdi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
Qaror bilan Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasniflash kodlari ro'yxati tasdiqlandi.
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi
Toshkentda yo‘l o‘rtasidan o‘tuvchi tezyurar avtobus yo‘lagi (BRT) Yangi Sergeli, Shota Rustaveli, Shahrisabz va Amir Temur ko‘chalari bo‘ylab o‘tadi. Loyiha qiymati 50 mln dollarga baholangan.
O‘zbekiston fuqarolarining AQSHga viza olishi yengillashtiriladi
Qarorda Tashqi ishlar vazirligiga 3 oy muddatda AQSH fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga 30 kunlik muddatga vizasiz kirish rejimini joriy qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Amerika Qo‘shma Shtatlari hududiga kirish uchun viza talablarini yengillashtirish yuzasidan muzokaralar boshlash va yakuni bo‘yicha taklif kiritish belgilangan.
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qo'llab-quvvatlash bo'yicha milliy dastur amalga oshiriladi
Farmonga ko'ra, Milliy dastur Prezident Farmonida nazarda tutilgan “Yorqin iste'dod” loyihasini qamrab oladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70118 | Инструменты