“O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–138-son, 19.08.2025-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko'ra, 2026-yildan quyidagilarni nazarda tutuvchi Turizmni rivojlantirish dasturi joriy etiladi, jumladan:
2026–2028-yillarda tijorat banklari tomonidan barcha toifadagi tadbirkorlarga mehmonxona qurish uchun 7 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda kreditlar ajratiladi:
- viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari, turizmga ixtisoslashgan tuman (shahar)larda qurilayotgan mehmonxonalar uchun – 30 mlrd so'mgacha;
- boshqa hududlarda – 10 mdrd so'mgacha;
- har yili sayyohlarning eng ko'p e'tiborini qozongan va nufuzli xalqaro platformalarda ijobiy e'tirof etilgan joylashtirish vositalarini aniqlash va taqdirlash bo'yicha mukofot jamg'armasi 1 mln AQSH dollariga teng tanlov o'tkazish.
2026-yildan davlat ko'chmas mulkini ijaraga berish muddati 3 yildan 5 yilgacha oshiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82517 | Инструменты