Behzod Musayev nomzodi Bosh Vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimiga ma'qullandi
“Milliy tiklanish" demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi Bosh Vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimiga shu paytgacha Davlat Soliq qo'mitasining raisi lavozimida faoliyat olib borgan Musayev Behzod Anvarovich nomzodini ma'qulladi.
Shuningidek, Davlat Soliq qo'mitasining raisi lavozimiga shu paytgacha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi sifatida faoliyat olib borgan Qudbiyev Sherzod Davlyatovich nomzodi ma'qullandi.
Bu haqda O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi raisi ma'lum qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42009 | Инструменты