Bektemir tuman hokimi Qo‘yliq bozori FoodCity’ga bosqichma-bosqich ko‘chirilishini ma’lum qildi

Toshkent shahar Bektemir tuman hokimi Tapil Mahamadziyayev 13 dekabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Qo‘yliq bozori FoodCity’ga bosqichma-bosqich ko‘chirilishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yangi bozorda yaratilgan sharoit shahar hududidagi Ecobozor’da ham mavjud emas.

«Oson va tushunish uchun men aytmoqchiman, FoodCity Bektemir hududida joylashgan bo‘ladi, shu tumanga qaraydi - bu bir. Ikkinchidan, u yerda shunday sharoitlar yaratilganki, bunaqa sharoit o‘zimizning Ecobozor’da ham yo‘q. Qo‘yliqda asfaltda o‘tirib sotgandan ko‘ra, o‘sha yerga olib borib sotgan ma’qul. Kadastri borlarga, albatta, barcha ziyon davlat tomondan qoplab beriladi. Bosqichma-bosqich o‘tiladi.

Endi u yerda narx-navo o‘sib ketmaydimi, degan savol bor. Men quyidagicha javob beraman. Bozorda 4 ta oltiga to‘rt metrli monitor bor. Bitta aylantirishi 100 million so‘m, u bozorga qo‘shimcha daromad olib keladi. Biz kelishganda xuddi shuni pattachidan emas, shuni o‘zidan foydangni olasan, bunga tegmaysan, deb 3 oy ulardan patent puli olmaslik sharti bilan kelishdik.

Narx tushadi-ko‘tariladi, endi bu hayot. O‘zingiz ham Qo‘yliq bozoriga tushsangiz, bir narsaga turtilib o‘tasiz. Yiqilib, bir narsa bo‘lishingiz aniq-da. O‘zim ham shu yerdan bozor qilaman, majburman shunga. Lekin uni bosqichma-bosqich ko‘chirmasak bo‘lmaydi», — deydi Bektemir hokimi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60602 | Инструменты