Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Iqtisodiyot fakultetida Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) bilan birgalikda Turizm laboratoriyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Universitet rektori A.Reymovning ma'lum qilishicha, muassasada 2018/2019-o‘quv yilida Turizm bakalavr ta’lim yo‘nalishi, shuningdek, 2022/2023-o‘quv yilidan e’tiboran magistratura mutaxassisligining tashkil etilgan.
Ta'kidlanishicha Turizm laboratoriyasi mehmonlarni qabul qilish, mehmonxona faoliyati, umumiy ovqatlanish va boshqa amaliy mashg‘ulotlarga mo‘ljallangan. Laboratoriyaning asosiy maqsadi sohada ta’lim sifatini yanada jadallashtirish, bitiruvchi kadrlar amaliy ko‘nikmalarini oshirish, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, shu bilan birga xususiy sektor vakillari bilan universitet o‘rtasida yaqin hamkorlik o‘rnatishdan iborat.
Shu bilan birga Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) tashabbusi bilan foydalanishga topshirilayotgan bu loyiha uchun universitet jamoasi nomidan mehmonlarga o‘z minnatdorligini bildirib, kelajakda talabalar uchun turizm sohasidagi nazariy bilimlarini amalda qo‘llab, yanada mustahkamlash uchun uzoq yillar mobaynida xizmat qilishini qayd etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21111 | Инструменты