Huawei 1
"Besh tashabbus" olimpiadasi tarkibiga endi gandbol ham qo'shildi

2022-yildan beri “5 tashabbus” olimpiadasi mahallalarda yoshlarni sport o’yinlariga qiziqtirishga yordam berib kelmoqda. 3 yildan buyon olimpiadada futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut bo‘yicha besh bosqichli ommaviy sport musobaqalari o‘tkaziladi. Bu yildan gandbol ham 5 tashabbus olimpiadasi tarkibiga kiritildi. Mazkur sport turi bo’yicha bellashuvlar qachon va qay tartibda olib borilishi yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi. 

Gandbol musobaqalarida ishtirok etishni istagan talabgorlar 15-sentabrgacha 5tashabbus.uz platformasida ro'yxatdan o'tishlari yoki mahalla yoshlar yetakchilariga murojaat qilishlari mumkin. Mutaxassislarning qayd etishicha, hozirda 63 mingdan ortiq yoshlar tizimdan ro'yxatdan o'tgan. 208 ta tuman shaharda 832 ta sektorda musobaqa manzillari belgilangan.

Musobaqalar faqat erkaklar o'rtasida o'tkaziladi.

Ma'lumot o'rnida, qizlar o'rtasidagi bellashuvlar yanvar-mart oylariga rejalashtirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91801 | Инструменты