Bir qator bank ilovalarida HUMO kartalari bilan ishlashda nosozlik yuzaga keldi
Bugun, 11 aprel kuni bir qator bank ilovalarida HUMO kartalari bilan ishlashda uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda mazkur to‘lov tizimi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu muammo yaqin vaqt davomida bartaraf qilinadi.
“Shuningdek, ushbu muammo barcha mobil ilovalarda yuzaga kelmaganligini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, terminallar va bankomatlar odatdagi tartibda ishlamoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50607 | Инструменты