Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yil davomida Germaniyadan O‘zbekistonga 37 526 nafar turistlar tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich 2023-yil bilan solishtirilganda 7 918 nafarga oshgan.
2024-yilda Germaniyadan O‘zbekistonga kelgan turistlarning asosiy safar maqsadlari:
- sayohat – 31 291 nafar
- qarindoshlarni yo‘qlash – 4 524 nafar
- xizmat yuzasidan – 1 580 nafar
- tijorat – 80 nafar
- o‘qish – 43 nafar
- davolanish – 8 nafar.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin AQSHdan 2024-yilda O‘zbekistonga 30 672 nafar turist kelgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 43006 | Инструменты