Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilda transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi eng yuqori bo‘lib, 1,4 mlrd tonna yuk tashilgan.
Ushbu davrda:
- temir yo‘l transporti orqali 73,9 mln tonna yuk jo‘natilgan;
- quvur yo‘li orqali esa 61,8 mln tonna gaz tashilgan;
- havo transportida 14,4 ming tonna yuk tashilgan.
Yillar kesimida barcha transport turlari bo‘yicha yuk tashish hajmi:
2020 yil – 1 366,7 mln tonna;
2021 yil – 1 420,2 mln tonna;
2022 yil – 1 420,9 mln tonna;
2023 yil – 1 455,7 mln tonna;
2024 yil – 1 521,2 mln tonna.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin 2024-yilda O'zbekistonda temir yo‘l transporti orqali qariyb 10 million yo‘lovchi tashilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51002 | Инструменты