Huawei 1
2024-yilda O'zbekistonda temir yo‘l transporti orqali qariyb 10 million yo‘lovchi tashildi

Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilda temir yo‘l transportida 9 803,6 ming yo‘lovchi jo‘natilgan.

Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 177,1 ming nafar yo‘lovchiga ko‘paygan bo‘lib, o‘sish surʼati 101,8 % ni tashkil etgan.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin yarim yilda temir yo‘l transportida 5 millionga yaqin yo‘lovchi tashilgani haqida xabar bergan edik. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 143,3 ming yo‘lovchiga ko‘p.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51006 | Инструменты