“2026–2030 yillarda qon bilan ishlash xizmatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–19-son, 20.01.2026 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan beg‘araz qon donorligi harakatini rivojlantirish maqsadida quyidagi tizim joriy etiladi:
- har oyda “Birga hayotni saqlaymiz” milliy donorlik aksiyasi o‘tkaziladi. Mazkur aksiya doirasida har oyning 1 haftasi mobaynida – qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida, har oyning 3 haftasi mobaynida – taʼlim, davolash va boshqa tashkilotlarda qon donorligi tashkil etiladi;
- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimiga kiruvchi vazirlik, idora hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchilari va xodimlari o‘rtasida har yili 1 marotaba donorlik kunlari o‘tkaziladi;
- mehnat jamoalarida donorlik kunlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi;
- umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasbiy hamda oliy taʼlim tashkilotlarida donorlik bo‘yicha maʼnaviy-maʼrifiy tadbir va uchrashuvlar tashkil etiladi.
Shuningdek, tug‘ruqda tibbiy yordam ko‘rsatuvchi har bir muassasada qon va uning tarkibiy qismlari shoshilinch zaxirasi tashkil etilishi hamda uni qon va uning tarkibiy qismlari, jumladan, plazma
va eritrotsitar massa zaxirasi bilan taʼminlanishi belgilandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12316 | Инструменты