Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi

“2026–2030 yillarda qon bilan ishlash xizmatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–19-son, 20.01.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi:

2026 yil 1 oktyabrdan:

- qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida qon mahsulotlari xavfsizligi va sifatini taʼminlash bo‘yicha barcha texnik va tibbiy jarayonlarni tartibga soluvchi standart operatsion jarayonlar hamda xavfsizlik bayonnomalari joriy qilinadi;

- “ehtiyoj – qayta ishlash – yetkazish” zanjiri doirasida biznes jarayonlarini boshqarish tizimi joriy etiladi.

2027 yil 1 martdan “Qon mahsulotlari elektron hisobini yuritish” axborot tizimi joriy etiladi.

2026 yil 1 oktyabrdan qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida qon mahsulotlarini majburiy tartibda 2 bosqichli skrining tekshiruvidan o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12314 | Инструменты