Huawei 1
Birinchi yarim yillikda O‘zbekiston aeroportlari orqali yo‘lovchilar oqimi 36% oshdi

“Uzbekistan Airports” AJ asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarini taqdim etdi va unga ko‘ra 2024-yilning birinchi yarmida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha sezilarli o‘sish qayd etilgan.

Shunday qilib, 6 oy davomida respublika aeroportlarida 53 303 ta reys amalga oshirildi, shundan 16 319 tasi ichki yo‘nalishlarda, 36 984 tasi esa xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 37% tashkil etdi.

Yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston aeroportlari 6 369 384 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Jumladan, ichki reyslarda  1 263 304 nafar, xalqaro reyslarda 5 106 080 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilgan. 2023-yilning shu davriga nisbatan o‘sish 36% tashkil etgan.

Shuningdek, 2024-yilning birinchi yarmida 40 269 tonna yuk va pochta jo‘natmalariga xizmat ko‘rsatildi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 18% ko‘pdir.

Bugungi kunda, respublika aeroportlariga 84 ta yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchi qatnovlari amalga oshirilmoqda, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15% ko‘proqdir. Bu ko‘rsatkich yangi aviatashuvchilarni jalb qilish va bir vaqtning o‘zida bir nechta yangi yo‘nalishlarni ochish hisobiga oshdi. 14-martdan Varshava-Toshkent-Varshava yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘ygan "LOT Polish" aviakompaniyasi, 2-iyundan Doha va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali bog‘lagan "Qatar Airways" va 3-iyundan Anqara-Toshkent-Anqara yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘ygan Turkiyaning "AJet" aviakompaniyasi shular jumlasidandir. Shuningdek, may oyida Ispaniyaning "World2Fly" kompaniyasi Madriddan Toshkent va Urganchga sayyohlik charter reyslarini yo‘lga qo‘ydi. Bugungi kunda "Uzbekistan Airports" AJ 45 ta aviakompaniya bilan hamkorlik qilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты