Biz aholini uzluksiz shakar mahsuloti bilan ta’minlay olamiz" — «Angren shakar» zavodining bosh texnologi Bahrom Qurbonov
So'nggi paytlarda shakar narxining oshishi ortidan odamlarda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan shakar aholi ehtiyojlarini ta’minlay oladimi? kabi savollar tug'ilmoqda.
«Angren shakar» MCHJ zavodining bosh texnologi Bahrom Qurbonov ushbu savollarga javob berdi.
"Korxonamiz bir sutkada 1100 tonna shakar ishlab chiqaryapti. Bu yiliga 360 ming tonna degani. Biz aholini uzluksiz shakar mahsuloti bilan ta’minlay olamiz. Buning uchun bizda yetarli xomashyo bor. Shakar omborlarimizda tayyor mahsulotlar aholiga yetarli darajada jamg‘arilgan" - deydi u.
Mutaxassis so'ziga qo'shimcha qilib, ayni paytda korxonada ishlab chiqarilayotgan shakar mahsulotining tarkibidagi saxaroza miqdori 99,8 foizdan kam emasligini ta'kidladi. Korxonada shakar mahsuloti shakarqamish xomashyosidan tayyorlanadi. Xomashyo esa, asosan, Braziliyadan, shuningdek, Meksika va Argentina davlatlaridan keltirilyapti.
O‘zbekiston aholisining bir yillik shakarga ehtiyoji 650 ming tonnani tashkil etadi. 2022 yilda shakar ishlab chiqarish hajmi O‘zbekistonda 720 ming tonna (2021 yildan 22 %ga ko‘p) tashkil etishi kutilmoqda. Ya’ni aholining shakarga bo‘lgan talabini uzluksiz qondirilish uchun imkoniyat yetarli darajada.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112320 | Инструменты