Huawei 1
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining vazifalari belgilandi

Vazirlar Mahkamasi "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorini qabul qildi.

Prezidentning 04.04.2023 yildagi qarori bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi negizida Vazirlar Mahkamasi huzurida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabini tashkil etish nazarda tutilgan.

Oliy maktab faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari:

- magistrlarni “Biznes-boshqaruv” (MBA) va iqtisodiyotning boshqa talab yuqori yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlash, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi taʼlim;

- vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyatlar vakillari, hokim o‘rinbosarlari va iqtisodiyot tarmoqlaridagi kadrlarni zamonaviy iqtisodiy bilimlar bo‘yicha malakasini oshirish va qayta tayyorlash;

- “yashil” texnologiyalarni joriy etishning institutsional asoslarini rivojlantirish, yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish;

- kichik innovatsion biznes va startap g‘oyalarini loyiha darajasiga yetkazishda, shu jumladan professional mutaxassislar tomonidan mentorlik xizmatlarini ko‘rsatishda konsalting xizmatlarini ko‘rsatish.

Oliy maktabda taʼlim jarayoni davlat granti va pullik shartnoma asosida kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy taʼlim shaklida o‘zbek, rus, ingliz tillarida amalga oshiriladi. Taʼlimni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom topshiriladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:

- Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Vasiylik kengashi tarkibi;

- Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi to‘g‘risidagi nizom;

- Oliy maktabga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish to‘g‘risidagi nizom.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10801 | Инструменты