Huawei 1
Bo‘ka tumanida murojaatchi sarson bo‘lishiga sababchi bo‘lgan 3 nafar mansabdor egallab turgan lavozimidan ozod qilindi

Toshkent viloyati Boʻka tumanida murojaatchi bilan ishlashda yuzaga kelgan boshboshdoqlik Zoyir Mirzayev huzurida tanqidiy muhokama qilindi.

Joriy yil 24-mart kuni Nurafshon shahrida fuqaro Muzaffar Haydarovning murojaatidan kelib chiqib, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shoshilinch yigʻilish oʻtkazdi. Unda Boʻka tumani “Yangibogʻ” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Muzaffar Haydarovning murojaati nima sababdan sansolarlikka uchragani tegishli mutasaddilar ishtirokida muhokama qilindi.

"Aholi murojaatlari bilan rostgoʻylik, haqqoniy prinsiplariga muvofiq ish olib borish, ularning qonuniy haq-huquqlari ustivorligini taʼminlashga koʻmaklashish, xizmat vazifasiga sidqidildan yondashish – davlat nomidan faoliyat olib borayotgan shaxsning eng asosiy mezoni boʻlishi lozim", - dedi Zoyir Mirzayev. 

Muhokama va oʻrganish davomida fuqaro Muzaffar Haydarovning murojaati bilan ishlashda Boʻka tumanidagi ayrim mansabdorlar tomonidan mana shu mezonlar qoʻpol ravishda buzilgani maʼlum boʻldi.      

Boʻka tumani hokimligining umumiy boʻlimi mudiri oʻzini viloyat hokimining yordamchisi, deb tanishtirgan hamda murojaatchini yolgʻon vaʼdalar bilan bir necha marta aldab kelgan. Mahallada faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi vaziyatni yumshatish, fuqaroga yordam berish oʻrniga, shu vaqtgacha aldab kelgan. Shu tariqa auksionda yutib olingan yerga bahorgi ekin ekish, yerni tayyorlash kechikmoqda.  

"Hammasi yolg'on gapiryapti, hech biri yerni o'lchamagan. Sansolarlik bo'lyapti hokim buva. Bular meni ustimdan kulyaoti shuu nogironlik ahvolimda. Hokimlikka bkormay qo'yavering o'zimiz hal qilib beramiz degan edi", - dedi murojaatchi Muzaffar Haydarov. 

Ushbu vaziyat boʻyicha masʼullarga tegishlicha jazo choralari qoʻllandi, 3 nafar mansabdor egalab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90701 | Инструменты