Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan Boʼstonliq tumani Pskom qishlogʼi Burchmulla davlat oʼrmon xoʼjaligida reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd davomida tuman hududida yashovchi fuqaro Y. B. inspektorlar tomonidan ko’zdan kechirilganda uning yonidan 1 bosh togʼ echkisi tana qismlari topildi.
Natijada “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʼgʼrisida”gi qonunga asosan hayvonot dunyosiga 11 milliondan so’mdan ziyod zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Boʼstonliq tuman sudiga yuborildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121820 | Инструменты