“Hududlarda sanoatni jadal rivojlantirish va sanoat korxonalarini eksportga jalb qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-295, 04.10.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2025–2026 yillarda hududlarda sanoatni rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- respublika sanoatida hududiy sanoatning ulushini 45 foizga yetkazish;
- hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalarini amalga oshirish orqali sanoatda texnologik mahsulotlar ulushini 25 foizga yetkazish va 3,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish;
- har bir tuman va shaharlarda 5 tagacha sanoat “o‘sish nuqtasi”ni rivojlantirish.
2026 yil 1 yanvardan boshlab 2028 yil 1 yanvarga qadar:
- ishchilarining o‘rtacha ish haqi miqdori har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan mazkur qarorning 4-ilovasiga muvofiq mahalliy sanoat korxonalarining ishchilarni tashish va ovqatlantirish bilan bog‘liq xarajatlaridan har bir ishchi xodim uchun bir oyda bir bazaviy hisoblash miqdorigacha bo‘lgan qismi ijtimoiy soliq bazasidan chiqarib tashlanadi;
- o‘z ehtiyoji uchun gips xomashyosini qazib chiqaruvchi va undan tayyor qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga gips olish uchun belgilangan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100919 | Инструменты