Huawei 1
“Bobur xalqaro jamoat fondi” raisi o‘rinbosari Bobur haykalini ko‘chirilishiga munosabat bildirdi

Avvalroq, Andijon viloyatining Andijon shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur haykalini ko‘chirib, uning o‘rniga turarjoy majmuasi barpo etilishi haqida xabarlar tarqalgan, viloyat hokimligi bunga munosabat bildirib, haykalni ko‘chirish bo‘yicha Ilmiy kengash vakillari, boburshunoslar hamda Andijon oqsoqollari boshchiligida ushbu mavzu muhokama etilib, kerakli xulosa olinganini ma’lum qilgandi. Biroq “Bobur xalqaro jamoat fondi” raisi o‘rinbosari Rustamjon Mamasoliyev haykal ko‘chirilishidan xabari yo‘qligini aytdi.

“Raisimiz davolanishda. Boshqa boburshunoslarning Bobur haykalining ko‘chirilishidan xabari bormi, yo‘qmi, buni bilmayman. Ammo bu haykalning ko‘chirilishidan mening xabarim yo‘q. Hokimlik matbuot kotibi aytgan muhokamada biz qatnashmaganmiz, bu xabarlarni men ham yangiliklardan bildim.

Lekin bir narsani aytish kerak, hozir Bobur haykali atrofiga ko‘prik tushyapti. Ko‘prik bitganidan so‘ng haykal uning ostida qoladi va bu haykalga mos joy bo‘lmaydi.

Agar faxriylar, mutaxassislar kelishib uni biror munosib joyga ko‘chirishni maslahatlashgan bo‘lsa, bizning unga qarshiligimiz yo‘q”, deydi “Bobur xalqaro jamoat fondi” raisi o‘rinbosari.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112015 | Инструменты