1-iyul kuni, joriy yilda Boku shahrida joylashgan “Turk savdo markazi” savdo uyida “Made in Uzbekistan” brendi ostida doimiy faoliyat yuritadigan shou-rum ochildi.
Ochilish marosimida O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev hamda Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Samed Bashirli ishtirok etdi.
1500 kv. metr maydonda joylashgan ushbu shou-rumda “Made in Uzbekistan” brendi ostida elektrotexnika, to‘qimachilik, charm sanoati mahsulotlari, qurilish materiallari va mebel mahsulotlari namoyish etilgan.
Tadbir yakunida Okuglu Holding kompaniyasi va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” assotsiatsiyasi o‘rtasida joriy yil oxirigacha O‘zbekistondan Ozarbayjonga 1 million kv. metr kafel va keramogranit yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72420 | Инструменты