Huawei 1
Bolalarda nogironlikning oldini olishga ko'maklashuvchi tizim yaratiladi

“Nogironligi bo'lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko'rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2027-yil 1-iyulgacha kunduzgi parvarish xizmatini yo'lga qo'ygan tadbirkorlarga Markaziy bankning asosiy stavkasida davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida mebel va jihozlar xaridi uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Ijtimoiy xizmat va yordam ko'rsatishni tashkil etish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida, quyidagilar yaratiladi:

- 2025-yil 1-martgacha “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida “Kunduzgi parvarish xizmatini boshqarish” axborot moduli hamda uning mobil ilovasi;

- 2025-yil 1-sentabrgacha bolalarning rivojlanishida kuzatiladigan nuqsonlarni erta aniqlash va o'z vaqtida kompleks ijtimoiy-tibbiy yordam bilan qamrab olish, ularda nogironlikning oldini olish hamda nogironligi bo'lgan bolalarda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvni ta'minlashga ko'maklashuvchi “Bolalar salomatligi” axborot tizimi.

Shuningdek, uch oy muddatda Soliq kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi takliflar Hukumatga kiritiladi:

- davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini ko'rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini 2030-yil 1-yanvarga qadar barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno) to'lashdan ozod qilish;

- ota-onaning kunduzgi parvarish xizmatlaridan foydalangani uchun oyiga 3 million so'mgacha bo'lgan to'lovlarini soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritish.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin mehmonxonalarga imkoniyati cheklangan shaxslar uchun sharoit yaratishga subsidiyalar ajratilishi haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20513 | Инструменты