Lotning boshlang'ich narxi 171,5 mlrd so'm
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi noturar bino va inshootlarini auksionga chiqardi.
Lotning boshlang‘ich narxi 171,5 mlrd so'mni tashkil etadi. Yer maydoni 36,9 sotix, binoning egallagan umumiy maydoni esa 9560 kv. metrni tashkil etadi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining izoh berishicha:
- Obyekt sotilganligi to'g'risida davlat order berilgan kundan e'tiboran 1 (bir) yil davomida Akademiya tomonidan obyektdan beg'araz (bepul) foydalanadi.
- Davlat orderi berilgan subyekt mazkur obyektdan 1 (bir) yildan so'nggina foydalana oladi yoki foydalanish uchun uchinchi shaxslarga bera oladi.
- Mazkur obyektni sotib olish uchun dastlabki to'lov sotilgan umumiy qiymatining 35 foizidan kam bo'lmasligi lozim.
- Sotilgan qiymatning qolgan qismi bo'yicha to'lovlar 1 (bir) yil davomida grafikka asosan teng ulushlarda choraklar kesimida amalga oshiriladi.
- To'lovlar belgilangan kundan kechiktirilganda qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanadi.
Ma'lumot o'rnida, auksionda ishtirok etish uchun arizalarni 2023-yilning 20-fevrali, soat 09:00 ga qadar jo‘natish mumkin.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Navoiydagi "Hanjin Navoi Complex" mehmonxonasi sotuvga qo'yilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61610 | Инструменты