Huawei 1
Navoiydagi "Hanjin Navoi Complex" mehmonxonasi sotuvga qo'yildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Navoiyda joylashgan "Hanjin Navoi Complex" mehmonxonasini auksionga chiqardi.

Lotning boshlang‘ich narxi 10,2 mlrd so‘mni tashkil etadi. Yer maydoni 1,82 gektar, binoning egallagan umumiy maydoni esa 7940 kv. metrni tashkil etadi.

Ma'lumot o'rnida, mehmonxona 51 ta xonadan iborat, 58 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, bino va barcha jihozlari bilan birgalikda sotiladi.

Eslatib o'tamiz, auksionda ishtirok etish uchun arizalarni 2023-yilning 3-fevrali, soat 09:00 ga qadar jo‘natish mumkin.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Navoiydagi O‘ZERAECABLE kompaniyasining 50% davlat ulushi sotuvga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61617 | Инструменты