Bosh prokuratura tergovdan qochish maqsadida 4-qavatdan sakrab vafot etgan 21 yoshli yigit ishi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Avvalroq, Toshkentda 21 yoshli yigit tergovdan qochish maqsadida hojatxona derazasidan pastga sakrab, vafot etgani haqida xabar bergan edik. Ushbu holat prokuratura tomonidan tekshirayotgan edi. 

Bosh prokuratura voqea tasvirga tushirilgan videoni e’lon qildi.

Aniqlanishicha, X.T. cho‘ntagida “gashish” giyohvandlik vositasini saqlab kelganligi aniqlanib, 22-may kuni Chilonzor tumani IIO FMB JQB giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘limiga olib kelingan.

Binoning 4-qavatiga surishtiruv harakatlarini o‘tkazish uchun olib chiqilgan X.T. javobgarlikdan qochish maqsadida shu qavatda joylashgan hojatxonaga kirib, tezkor xodimni chalg‘ishi natijasida hojatxonaning derazasidan, pastda joylashgan oshxonaning shifer bilan qoplangan tom qismiga sakragan. Shiferning chetki qismi sinishi oqibatida X.T. bosh qismi bilan yerning beton qoplamasiga qulab tushgan.

Jarohatlangan fuqaro ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan shifoxonaga olib borilgan.

Chilonzor tumani prokurori boshchiligidagi guruh tomonidan shu kunning o‘zida hodisa sodir bo‘lgan bino va atrof-muhit joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirilgan, tegishli guvohlar va ishga aloqador barcha xodimlarning ko‘rsatmalari olingan.

X.T.ga ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, olgan tan jarohatlari oqibatida, 29-may kuni shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlariga baho berish maqsadida xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101502 | Инструменты