Prezident farmoniga koʻra, 31-avgust – dushanba kuni ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni deb belgilangan.
Shunga muvofiq, haftasiga 5 kun ishlovchilar Mustaqillik bayramida ketma-ket toʻrt kun (29-avgust – 1-sentyabr), 6 kun ishlovchilar esa ketma-ket uch kun (30-avgust – 1-sentyabr) dam oladi.
29-avgust, shanba – odatiy ish yoki dam olish kuni
30-avgust, yakshanba – odatiy dam olish kuni
31-avgust, dushanba – barcha uchun qoʻshimcha dam olish kuni
1-sentyabr, seshanba – Mustaqillik bayrami kuni
2-sentyabr, chorshanba – barcha uchun odatiy ish kuni.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81217 | Инструменты