Huawei 1
Botir Kudratxodjayev Harbiy prokuror lavozimiga tayinlandi

Shuxrat Uzakov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Bosh prokuror o‘rinbosari – Harbiy prokuror lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov "Uzreport.news" manbasiga xabar berdi. 

Uning o‘rniga Xorazm viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Botir Kudratxodjayev tayinlandi.

Ma'lumot o'rnida, Botir Kudratxodjayev 1975-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1997-yilda Toshkent Davlat yuridik institutini tamomlagan. 

U faoliyatini o‘sha yili Harbiy prokuratura kadrlar bo‘limi ish yurituvchisi vazifasidan boshlab, 2000-yildan Farg‘ona harbiy prokuraturasi tergovchi-kriminalisti, 2001-yildan Toshkent harbiy okrug harbiy prokuraturasi katta tergovchisi, bo‘lim harbiy prokurori lavozimida mehnat qildi.

2003-yildan O‘zbekiston Harbiy prokurorining kadrlar bo‘yicha yordamchisi, 2004-yildan Farg‘ona harbiy prokurorining o‘rinbosari va 2006-yildan O‘zbekiston Harbiy prokurorining katta yordamchisi lavozimlarida faoliyat olib bordi.

2010-2012-yillarda Sharqiy harbiy okrug harbiy prokurori, 2012-2014-yillarda O‘zbekiston Respublika Harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2014-yildan 2016-yilgacha Surxondaryo viloyat prokurori vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat olib borgan. 2016-2017-yillarda Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlagan. 2017-yilda Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida ishlagan.

2020-yildan to hozirgi kunga qadar Xorazm viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50607 | Инструменты