Huawei 1
Botir Qodirov javobgarlikka tortildi

Shoir Shamsiddin To‘rayev xonanda Botir Qodirov ustidan tegishli tartibda mualliflik haqini to‘lamasdan she’rlarini qo‘shiq qilgani uchun Adliya vazirligiga shikoyat qildi. Bu haqda Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Adliya vazirligi tomonidan “Shamsiddin Sadoiy” tahallusi bilan tanilgan shoir Shamsiddin To‘rayevning murojaati asosida “Davlating borida”, “Omonat” va “Tingla do‘stim” nomli she’rlari xonanda Botir Qodirov tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda mualliflik haqini to‘lamasdan foydalanilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1771-moddasi (Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish) bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgan.

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1771-moddasining birinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida – 1 mln 875 ming so‘m jarima jazosi  tayinlangan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunining 65-moddasiga asosan  muallif yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda to‘lanishi lozim bo‘lgan tovonni to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40221 | Инструменты