Huawei 1
Buxoroda qamishzor yonib ketdi, uni 100 dan ortiq o't o'chiruvchi va maxsus vertolyotlar bartaraf etgan

Shu yilning 23-avgust kuni Buxoro viloyati Peshku tumanidagi Qoraqir massividagi qamishzorda yong'in bo'ldi. Yaxshiyamki, qamishzor aholi yashaydigan hududdan uzoqda joylashgan, Shuning uchun fuqaro va ularning uylari zararlanmagan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining 107 nafar xodimdan iborat yong‘in-qutqaruv brigadalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in chuqur botqoqlikda bo‘lgani uchun yong‘in-qutqaruv texnikalaridan foydalanishning imkoni bo‘lmagan. Shu sababli u qo‘lda ishlatiladigan asbob-anjomlar orqali bartaraf etilmoqda.

Yong'in 25-avgust kuni ham o'chmagan edi. Shundan so'ng, Mudofaa vazirligining maxsus vertolyoti voqea joyiga jalb qilindi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yong‘in 100 gektar maydonni qamrab olgan bo‘lib, uning 80 foizini o‘chirishga erishilgan. Bir necha soatlardan keyin o't butunlay o'chirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50608 | Инструменты