Huawei 1
Britaniya ta'lim fondi O'zbekistondagi iqtidorli talabalarni rag'batlantirish bo'yicha dasturlarni kengaytirishga tayyor

O'zbekiston elchixonasida Buyuk Britaniyaning "Sturgeon Foundation" fondi raisi Kerol Grem bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

"Sturgeon Foundation" Britaniyaning "Sturgeon Capital" kompaniyasi tomonidan yoshlarni ta'lim olishida ko'mak ko'rsatish maqsadida Londonda ta'sis etilgan. Fond Toshkentdagi Vestminster xalqaro universiteti va Inxa universiteti bilan hamkorlik qiladi.

"Sturgeon Capital" kompaniyasi 2010-yilda tashkil etilgan bo'lib, Markaziy Osiyo mamlakatlarida aktivlarni boshqarish va startaplarga sarmoya kiritishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda "Sturgeon Capital" O'zbekistondagi startap loyihalarga, jumladan "Zoodmall.uz", "Arzon Apteka", "Finmedia" va boshqa loyihalarga investitsiya kiritgan. Xorijiy tomon xususiy kompaniyalar vakillari va istiqbolli startaplar bilan yangi biznes loyihalarini aniqlash va ularning ustav kapitaliga investitsiya kiritish masalasini o'rganishni rejalashtirmoqda.

Britaniya tomoniga respublikada amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va davlatlarimiz o'rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari haqida so'zlab berildi.

Oliy ta'lim va ilmiy tadqiqotlar, jumladan, ikki tomonlama diplom berish dasturlari, o'qituvchilar va talabalar almashinuvi yo'nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo'yicha fikr almashildi.

Kerol Grem O'zbekistonda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan keng-ko'lamli islohotlarni va yoshlarning sifatli ta'lim olishi uchun yaratib berilayotgan sharoitlarni yuqori baholadi. "Biz O'zbekistonda Britaniya ta'lim standartlarini joriy etishdan manfaatdormiz. Shuningdek, respublika oliy ta'lim muassasalari bilan turli yo'nalishlarda uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga ham tayyor miz", - dedi u.

Britaniya vakilining aytishicha, fond 2022-yildan buyon Toshkent xalqaro Vestminster universiteti va Inxa universitetining 15 nafar bakalavr bosqichi talabalarining shartnoma to'lovlarini qoplab bergan.

Muloqot davomida fondning stipendiya dasturlarida ishtirok etish mezonlari va muddatlari to'g'risida ham ma'lumot taqdim etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121301 | Инструменты