Huawei 1
Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi tashkil etiladi

Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.

Loyihaning maqsad va vazifasi – O‘zbekiston prezidenti farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda budjet muassasalari va tashkilotlarida moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi budjet hisobidan pul bilan ta’minlanuvchi muassasalar va tashkilotlarning o‘z xodimlarini rag‘batlantirish maqsadida tashkil qilinadi.

Ushbu qaror loyihasi orqali moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasidan budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlari mehnatini moddiy rag‘batlantirish nazarda tutilmoqda.

Maxsus jamg‘armani tashkil etish ilgari qabul qilingan qarorlarga muvofiq tashkil etilgan vazirlik va idoralarning amaldagi jamg‘arma va maxsus hisobvaraqlarini bekor qilmaydi.

Budjet muassasalari va tashkilotlari (tibbiyot muassasalari va barcha turdagi umumta’lim maktablaridan tashqari) xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi respublikadagi budjet muassasalari va tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 15 foizi miqdorida tashkil etiladi.

Mazkur band budjet tashkilotlari uchun moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi bo‘yicha belgilangan foiz miqdorlarini alohida normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilganlari uchun tatbiq etilmaydi.

Qarorning qabul qilinishi O‘zbekiston davlat budjetidan qo‘shimcha xarajatlar ajratilishini talab etmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты