Bugun 9 may — Xotira va qadrlash kuni
Bugun 9 may — Xotira va qadrlash kuni. Xotira – kechagi o'tmishni, ajdodlar o'gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi.
Qadr – insonni yuksaklikka ko'taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag'ishlaydi.
Ikkinchi jahon urushida jasorat ko`rsatgan, olovli maydonlarda o`z yurtining tinchligi va ozodligi, oilasi, farzandlarining xotirjamligi uchun kurashgan insonlar mudom xalqimiz ardog`ida. Beayov janglarda jon fido qilgan bobolarimiz xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi.
UZREPORT AA urush qatnashchilarini, front orti mehnat faxriylarini va barcha vatandoshlarimizni 9 may – Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklaydi.
Sizlarga mustahkam sog'liq, uzoq umr, tinchlik va xotirjamlik tilaymiz
Alpha version: 0.9.1.19 build 11617 | Инструменты