Bugundan “Qo‘ng‘irot-Miskin-Qo‘ng‘irot” yo‘nalishida shaharlararo yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Miskin, To‘rtko‘l, Ellikqal’a tumanlari aholisiga yanada ko‘proq temir yo‘l xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida, 2022-yil 10-avgust kunidan boshlab 2 ta vagondan iborat shaharlararo yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryuo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, ushbu vagonlar 54/5Z-sonli “Toshkent-Qo‘ng‘irot-Toshkent” yo‘lovchi poyezdi harakatlanadigan kunlari 35-, 36-umumiy tartib raqam bilan poyezd tarkibida harakatlanadi.
Xususan, bugun, 10-avgust kunidan boshlab 53-sonli “Qo‘ng‘irot-Toshkent”yo‘lovchi poyezdining oxirgi qismiga vagonlar ulanadi va Qo‘ng‘irot bekatidan Miskin bekatigacha harakatlanadi va shu kuni Miskin bekatida uziladi.
11-avgust kunidan boshlab esa 54-sonli “Toshkent-Qo‘ng‘irot” yo‘lovchi poyezdining oxirgi qismiga vagonlar ulanib, Miskin bekatidan Qo‘ng‘irot bekatigacha harakatlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50905 | Инструменты