Huawei 1
Bugundan "Toshkent-Qarshi" poyezdi Shahrisabzgacha qatnovini amalga oshiradi

 2021 yil 22 iyundan boshlab, hozirgi kungacha “Toshkent-Qarshi” yo'nalishida harakatlanib kelayotgan 4/3-sonli  “Nasaf” tezyurar elektropoyezdi “Shahrisabz” temir yo'l vokzaligacha qatnovini amalga oshirishni boshlaydi.  Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Uzreportgaxabar berdi. 

Ma'lum bo'lishicha, bu sayyohlarga Qamashi tumanidagi “Langar-Ota” ziyoratgohiga borish uchun ham  qulaylik yaratadi. Chunki ushbu poyezd Qamashi stansiyasida ham to'xtab o'tadi.

4-sonli poyezd bugun Toshkent Markaziy temir yo'l vokzalidan o'zining amaldagi jadvaliga asosan, “Qarshi”temir yo'l vokzalidan esa soat 14:27 dan boshlab “Shahrisabz” shahrisabz yo'nalishiga, shuningdek, bugun soat 17:04 dan boshlab esa 3-sonli “Nasaf” elektropoyezdi “Shahrisabz-Toshkent” yo'nalishida qatnovini amalga oshirishni boshlaydi.

Shu sababli 6318-sonli “Qarshi-Shahrisabz” shaharlararo elektropoyezdining harakat jadvaliga ham biroz o'zgartirish kiritiladi. Unga ko'ra ushbu poyezd bugundan Qarshi temir yo'l vokzalidan soat 17:29 da qatnovini amalga oshiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110509 | Инструменты