Bugundan uy-joy olish uchun subsidiyaga arizalarni qabul qilish boshlanadi

Joriy yil 30-aprel kuni “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilingan.

Farmonga muvofiq, dastur doirasida subsidiyalar to‘lashning amaldagi tartibiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilgan. Xususan, subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2024-yilning 15-mayidan 1-noyabriga qadar qabul qilinadi.

2024-yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 12 foizdan oshgan qismiga, 2025-yil va undan keyingi yillar dasturlari doirasidagi kreditlar bo‘yicha esa – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga to‘lanadi.

Birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 2024-yilgi Dasturdan boshlab qatʼiy belgilangan 30 million so‘m miqdorida to‘lanadi.

Farmonga ko‘ra, ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish uchun jami 10,9 trln so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘rsatilgan. Bitta ipoteka uchun Qayta moliyalashtirishning eng ko‘p summasi Toshkent shahrida 420 mln so‘m, hududlarda 330 mln so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.  

Farmonga muvofiq, dastur doirasida subsidiyalar to‘lashning amaldagi tartibiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritiladi. Xususan, 2024-yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — 12 foizdan oshgan qismiga, 2025-yil va undan keyingi yillar dasturlari doirasidagi kreditlar bo‘yicha esa — Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga to‘lanadi.  

Birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — 2024-yilgi Dasturdan boshlab, qatʼiy belgilangan 30 million so‘m miqdorida to‘lanadi.  

Subsidiya uchun ariza yuborish tartibi, Fuqarolarimiz ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza yuborishlari mumkin.

Murojaatchi  my.gov.uz portalining "Mening arizalarim" bo‘limiga kelib tushgan ijobiy xabarnomadan so‘ng, javobda ko‘rsatilgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshmagan qiymatdagi uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish yuzasidan qurilish (pudrat)tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.

Maʼlumot o‘rnida aytish joizki, subsidiya uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj, kam taʼminlangan oilalarga beriladi.  

18 yoshdan oshgan fuqarolar subsidiya olish uchun murojaat qilishlari mumkin.

Subsidiyalar qishloqlarda yashovchilarning rasmiy daromadi 6 mln 762 ming so‘mgacha, Toshkent shahrida esa daromadi 9 mln 660 ming so‘mgacha bo‘lgan fuqarolarga ajratiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72709 | Инструменты