Bukmekerlik xizmatlarini targ'ib qiluvchi 70 ga yaqin veb-sayt bloklandi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni targ‘ib qilishga qaratilgan veb-saytlar yuzasidan doimiy o‘rganish va tahlillar olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan vaqtida amalga oshirilgan ishlar natijasida bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qiluvchi 86 ta veb-saytni bloklash bo‘yicha Tegishli nazorat organiga maʼlumotlar kiritilib, shundan 70 ga yaqin saytlar belgilangan tartibda bloklangan.

O‘zbekiston Respublikasi "Reklama to‘g‘risida"gi Qonunining 46-moddasiga muvofiq, qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar reklamasi taqiqlanadi.

Qo‘mita tomonidan bu yo‘nalishdagi monitoring ishlari tizimli davom ettirilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120914 | Инструменты