Huawei 1
Burger King yaqin oylarda O‘zbekiston bozoriga kirishi kutilmoqda

Avvalroq 18-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida dunyodagi iqtisodiy tebranishlarning mamlakat soha va tarmoqlariga ta’sirini yumshatish qaratilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani xabar berilgandi.

Muloqotda International Beverages Tashkent kompaniyasi ta’sischisi Shuhrat Ergashev davlat rahbariga 10 yil oldin mahalliy kompaniyalar “Burger King va McDonald’s ortidan chopib”, O‘zbekiston bozoriga kirishni so‘rashganini qayd etdi. Bu haqda O‘zbekiston 24 telekanali lavhasida so‘z boradi.

“Bugungi kunda biz ular bilan kelishib oldik, O‘zbekiston [bozori] uchun litsenziya oldik. 2−3 oyda bizda Burger King nomli kompaniyalar ochiladi. Bu nafaqat Toshkent bo‘yicha bo‘ladi, balki ular bizga markaziy ofisni Toshkentda ochib, butun Markaziy Osiyo uchun litsenziya berishni taklif qilishdi”, — dedi tadbirkor.

Uning qayd etishicha, xorijiy investorlar yangi bozorga kirishdan oldin ularda Burger King yoki McDonald’s kabilar bor-yo‘qligiga qiziqishadi. “Ular uchun bu sarmoya kiritishda muhim ijobiy belgidir”, — dedi Shuhrat Ergashev. Prezident unga ishlarida omad tiladi.

Mart oyida Verniy Kapital kompaniyalar guruhi 2012-yildan buyon hamkori Anuar Utemuratov bilan birgalikda egalik qilgan Burger King Kazakhstan eksklyuziv franshizasini sotgani ma’lum bo‘ldi.

Xaridor International Beverages Tashkent’ning ikkita ta’sischilaridan biri bo‘lgan Holten Group (0,1%) bo‘ldi. Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reestri ma’lumotlariga ko‘ra, ikkinchi egasi 99,9% ulushga ega bo‘lgan Holten Enterprise hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42002 | Инструменты