Huawei 2
Buxoro amirining Karmanadagi qarorgohi hali ham qarovsiz qolayotganiga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Karmana tumanidagi Mirzachorbog‘ saroyi madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa-da, hali ham qarovsiz qolayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat Madaniy meros agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra ma’lum qilinishicha, hozirgi kunda ushbu obyektda ta’mirlash-tiklash ishlari uchun ajratilgan mablag‘lar belgilangan tartibda moliyalashtirilib, Madaniy meros agentligi huzuridagi “Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi” direksiya markazi hamda pudratchi tashkilot o‘rtasida shartnomalar tuzilib, ta’mirlash ishlari loyiha-smeta hujjatlari asosida amalga oshirilmoqda.

Yodgorlikning murakkablik darajasi hamda uning ko‘lamini inobatga olgan holda mazkur obyektni topshirish ishlari 2025-yilning IV-choragiga rejalashtirilgan.

“Madaniy meros agentligi bu kabi holatlarga keng jamoatchilikning befarq emasligi hamda madaniy meros obyektlarini asrab-avaylashga o‘z hissalarini qo‘shayotganliklari uchun o‘z minnatdorchiligini izhor etadi”, — deyiladi munosabatda.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga