O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Mattiyev Murod Shamsiyevich Buxoro shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar u Buxoro shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, Davlatova Sitora Karimovna Qorovulbozor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Lavozimga qadar u Qorovulbozor tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri lavozimida ishlab kelayotgandi.Raximov Xayriddin Barrayevich esa Jondor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Jondor tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50310 | Инструменты