Tezkor tadbirda А.R. Buxoro tumani “Ko‘chk‘umar” mahallasi hududida joylashgan MChJga ijara huquqi asosida ajratilgan 278 gektar suv havzalaridan iborat ob’ektning 4 gektar qismini 280 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, kelgusida mansabdor tanishlari orqali alohida mulk sifatida hujjat rasmiylashtirib berishni va’da qilib, kelishilgan puldan 20 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11117 | Инструменты