Huawei 1
Buxoroda 22 tup daraxt kesgan shaxslar jarimaga tortildi

Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida 22 tup manzarali daraxtni kesgan uch kishi 171 million soʻmdan ortiq jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, tumandagi “Xoʻjalar” MFY hududida daraxtlarning kesilishi bilan bogʻliq videomurojaat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, viloyat prokuraturasi hamda Qorakoʻl tuman IIB boʻlimi bilan hamkorlikda oʻrganish ishlari olib borilgan. Oʻrganish ishlari davomida 3 nafar fuqaro tomonidan har xil oʻlchamdagi 22 tup manzarali daraxtni kesib tashlangani aniqlangan.

Huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tabiatga yetkazilgan zarar uchun 146 million 200 ming soʻm hamda 25 million 500 ming soʻm jarima undirish belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122407 | Инструменты