Buxoroda mashinasining davlat raqam belgisini o‘zgartirib boshqarib yurgan haydovchi aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati YHXB matbuot xizmati rahbari Ulug‘bek Shukurullayev xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, viloyatning Vobkent tumanida yashovchi shaxs o‘zining «Mitsubishi» mashinasiga taqilgan Rossiyaga tegishli davlat raqam belgisini o‘zgartirib, yuqori tezlikda harakatlanib yurgan. U boshqa bir davlat raqami belgisining hududga tegishliligini bildiruvchi 116 RUS qismini kesib olib, o‘zining Ye 116 AS 702 RUS davlat raqamining 702 RUS qismiga o‘rnatib yurgan.
Haydovchi ayni shu tariqa harakatlanib yurib tezlikni oshirgani uchun 145 marta radarga tushgan. Shundan so‘ng mashina qidiruvga berilgan. Uning jarimalari miqdori 89 mln 147 ming so‘mga yetgan.
Mashina va uning egasi 10 fevral kuni Buxoro shahrida ushlangan. Mashina jarima maydoniga qo‘yilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21602 | Инструменты