Huawei 1
Buxoroda qulab tushgan bino atay yiqitilgani aytildi

Buxoro viloyati Romitan tumanida handaq qazish paytida tutash binoning bir qismi qulab tushgani aytilgan videotasvir tarqalgan edi. 

Holat Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Ushbu holat soha masʼullari tomonidan oʻrganilganda ushbu obyekt Romitan tumanining “Afrosiyob” MFY, M.Samosiy koʻchasida yashovchi “Omad Azamat turist trans” MCHJ rahbari Hamza Ochilovga tegishli ekanligi va mazkur noturar binolarni toʻliqliligicha buzib, oʻrnida birinchi qavatida noturar bino hamda yuqori qavatlarda turar joy binolari qurilishi rejalashtirilganligi maʼlum boʻldi.

"Qurilishi rejalashtirilgan 7 qavatli turar joy binosining barcha qurilish osti va shaharsozlik hujjatlari belgilangan tartibda vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanib, belgilangan tartibda eski binolarning buzilish ishlari amalga oshirilmoqda.", deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91905 | Инструменты